Android uchun kitob o‘qish dasturini tanlaymiz

“Dunyoning eng dono kishilari bilan har kuni suhbatlashishdan ham ko‘ra qimmatroq narsa yo‘q”.

Va bu suhbatni yuqori darajada qulay va oson qilish zarur. Bugungi kunda smartfon yoki planshetga kitob yuklab olish imkoniyati butun bir kutubxona o‘rnini bosadi. Kitob o‘qish uchun mo‘ljallangan dasturlar esa bir olam foydali funksiyalarni o‘z ichiga oladi. Men o‘z sharhimda Android platformasida ishlatish va Google Play’da yuklab olish mumkin bo‘lgan – Cool Reader, FBReader, Moon+ Reader va Litres.ru’ning “O‘qi!” («Читай!») dasturlarini yoritib berishga harakat qilaman.

DSC_1691

Cool Reader

  • Ishlab chiquvchi – Vadim Lopatin
  • Foydalanuvchilar bahosi – 4,7 (5 dan)
  • O‘qiydigan kitob formatlari – fb2, epub (DRM siz), txt, doc, rtf, html, chm, tcr, pdb, prc, mobi (DRM siz), pml
  • Narxi – bepul. Google Play’ga link

Cool reader (1)

Cool reader (2)

Cool Reader’ni Androidda ishlaydigan eng ommabop kitob o‘qish dasturi desam adashmagan bo‘laman. Paydo bo‘lgan vaqtidan to hozirgacha dastur mukammallashib va rivojlanib kelmoqda. Deyarli har haftada dastur yangilanib borib, har hafta navbatdagi yangilik va qulaylikni kuzataman. Tan olishim kerak, Cool Reader’ni bir yil avval yuklab olgan bo‘lsam, hali biror marta uni almashtirish haqida o‘ylaganim yo‘q. U turli formatlar bilan ishlay oladi. O‘qish vaqtida sozlashlarni osonlik bilan o‘zgartirish mumkin.

Agar siz izoh va havolalarga boy maxsus adabiyotlarni ko‘p o‘qisangiz, bundan tashqari, bobdan-bobga, bo‘limdan-bo‘limga doimiy ravishda o‘tib-qaytib turish zarur bo‘ladigan bo‘lsa, unda Cool Reader aynan siz uchun. Och jigarrang tusdagi fonni tanlashni maslahat beraman, u ko‘zlaringizni deyarli charchatmaydi.

  • Afzalliklari: sodda sozlashlarga ega, barqaror ishlaydi
  • Kamchiliklari: Tepada joylashgan sozlashlar paneli ekranning ko‘p qismini egallab qo‘ygan.

FBReader

  • Ishlab chiquvchi – Geometer Plus
  • Foydalanuvchilar bahosi – 4,7 (5 dan)
  • O‘qiydigan kitob formatlari – fb2 (.zip), ePub, mobi, rtf, plain text
  • Narxi – bepul. Google Play’ga link

fb reader (4)

fb reader (1)

Oson va qulay bo‘lgan ushbu dastur oddiyligi bilan o‘ziga jalb qiladi. Shu bilan birga, kitob o‘qishni qulay tarzda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha sozlashlar mavjud. Badiiy adabiyotlarni o‘qish uchun ayni muddao. Dasturning o‘ziga xos jihati shundaki, unda onlayn kitob do‘konlarining qo‘shimcha modullarini o‘rnatish imkoniyati bor.

  • Afzalliklari: Sozlashlarning oddiyligi va o‘zgaruvchanligi, ishlashining barqarorligi
  • Kamchiliklari: topilmadi.

Moon+ Reader

  • Ishlab chiquvchi – Moon+
  • Foydalanuvchilar bahosi – 4,5 (5 dan)
  • O‘qiydigan kitob formatlari – epub, fb2, mobi, chm, cbr, cbz, umd, txt, html, rar, zip yoki OPDS
  • Narxi – bepul. Google Play’ga link

moon reader (2)

moon reader (3)

Moon+ Reader – bu funksionallik va zamonaviy dizayn uyg‘unligi demakdir. Unda harf o‘lchamidan tortib, rang sxemasigacha sozlash mumkin. Kitob javoni o‘ta go‘zal ko‘rinishga ega. Ekranni hech qanday panel to‘smaydi, u faqat matnni ifoda etadi. Bu maqolani yozish jarayonida menda ushbu dasturga o‘tish niyati paydo bo‘ldi.

  • Afzalliklari: Ajoyib dizayn, funksionallik, kitob sahifasining ekran o‘lchamiga deyarli teng ekanligi
  • Kamchiliklari: Topilmadi.

“O‘qi!” («Читай!» LitRes’dan)

  • Ishlab chiquvchi – LitRes
  • Foydalanuvchilar bahosi – 3,3 (5 dan)
  • O‘qiydigan kitob formatlari – fb2
  • Narxi – bepul. Google Play’ga va «Читай! Бесплатно»ga link

litres (1)

litres (3)

Ushbu dastur LitRes – litsenziyali elektron kitoblarni tarqatuvchi kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan. Pulli va bepul turlarda taklif etiladi. Bepul versiyada sizga LitRes kutubxonasida mavjud bo‘lgan bepul adabiyotlardan foydalanish imkoniyati beriladi. Bunda boshqa kitoblarni qo‘sha olmaysiz. Biroq kitoblarni yuklayotgan vaqtimda doimiy ravishda “fayllarni yuklashda xatolik yuz berdi” degan yozuv chiqaverdi. Balki u vaqtinchalik nuqsondir, ammo bu dasturdan foydalanish istagi menda allaqachon so‘nib bo‘ldi. Pulli versiyada esa kitoblarni xarid qilish, o‘z kitoblaringizni (fb2 formatida) yuklab olish imkoniyati bor.

  • Afzalliklari: Sharhdan o‘rin olgan boshqa dasturlarga nisbatan hech qanday afzalliklari topilmadi
  • Kamchiliklari: yuklab olish mumkin bo‘lgan shaxsiy kitoblar faqat bitta formatdaligi, bepul versiyaning “qotib” ishlashi.

Xulosa

Google Play bizga bir nechta yaxshi variantlarni taqdim etadi, ularning har biri o‘z muxlisini topishiga shubham yo‘q. Oddiylikni yoqtirasizmi? FBReader xizmatingizga muntazir. Ilmiy, maxsus adabiyotlardan foydalanasizmi? Funksionallikni qadrlaysizmi? O‘ylab o‘tirmasdan, Cool Reader’ni yuklab oling. Kitob o‘qish uchun qulay, ishonchli va ko‘rkam dastur kerakmi? Marhamat, Moon+ Reader. Kitob qidirib Internetni “titkilashga” vaqtingiz yo‘qmi? Bu ishni LitRes’ga qo‘yib bering. Faqat pul to‘lashga tayyor bo‘ling.

Maqolaga yakun yasarkanman, elektron kitoblarni o‘qing, daraxtlarni asrang, deb qolaman.

Похожие новости

Ставки на Евролигу по баскетболу
  Баскетбол развивается не такими стремительными темпами, как футбол, но это все-таки один из самых популярных командных видов спорта. Если за океаном нереальный интерес у людей вызывает НБА, то наш континент может похвастаться таким турниром, как...
Гостевой счет в БК BetCity
  Бетсити гостевой счет – отличный выбор для начинающих беттеров. Это современное решение для онлайн-ставок, благодаря которому можно протестировать свои силы и подготовиться к реальным спортивным пари. Впрочем, для начала стоит разобраться, как...
Приложение Париматч для Андроид
  Мобильное приложение Париматч позволяет делать ставки со смартфона или планшета с операционной системой Android (на iOS тоже есть программа, но она описывается в другом материале).Плюс работы с приложением, а не мобильной версией, состоит в том, что...
Промокод при регистрации в БК 1хСтавка: SBETG
  БонусыПоощрения для новых игроков выдают практически все букмекерские конторы, которые заинтересованы в привлечении новых клиентов на игорный портал. Бонусы могут быть выданы игроку как за первое пополнение игрового счета, так и за создание нового...

Добавить комментарий

Автору будет очень приятно узнать обратную связь о своей новости.

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Комментариев 0